Kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

Saqlash
12:26 / 23.06.2025 52 0

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

 

Nizomga koʻra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan oʻzini oʻzi band qilgan shaxs hisoblanadi.

 

Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun toʻlovlarni qabul qilishga haqli.

 

Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qoʻllash yoki elektron yoxud qogʻoz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda boʻlishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

 

Kuryerga quyidagilarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi, jumladan:

- tovarning qadogʻini oʻzboshimchalik bilan ochish;

- xaridorlarning shaxsiy maʼlumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//