Qimor oʻyinlarini reklama qilayotgan vaynerlarga chora koʻrildi

Saqlash
11:34 / 23.06.2025 81 0

Raqobat qoʻmitasi tomonidan olib borilgan oʻrganishlarda ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta blogerlar oʻzlariga tegishli sahifalarda bukmekerlik xizmatlarini reklama qilayotgan holatlari kuzatilgan.

 

Xususan, “Melbet” bukmekerlik tovar belgisidan foydalangan, shuningdek, qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi sahna koʻrinishlari orqali joylashtirilgan video-roliklar quyidagi shaxslarga tegishli ekanligi aniqlangan:

 

- Shodiyev Jasurbek Gʻulomjon oʻgʻli (jasjannew);

- Normamatov Dadabek Baxrom oʻgʻli (allme. uz);

- Raxmatov Sherxon Lutfullo oʻgʻli (sherxon.zdss);

- Xasanboyev Xojiakbar Zulxaydar oʻgʻli (hojiakbar_ku).

 

Maʼlum qilinishicha, ayni holatlar yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortilib, tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.

 

Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida“gi Qonuniga koʻra, mamlakat hududida qimor oʻyinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish taqiqlanishi va bunday faoliyatni reklama qilish tegishli javobgarlikka sabab boʻlishini eslatib oʻtgan.

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//