Tashqi ishlar vazirligi Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Saqlash
10:01 / 23.06.2025 52 0

TIV Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishni so‘radi. Vazirlik matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Yaqin Sharqdagi vaziyatning shiddat bilan keskinlashayotgani chuqur xavotir uyg‘otmoqda.

 

“Shu munosabat bilan, O‘zbekiston fuqarolaridan Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishni, ushbu mamlakatlarda bo‘lgan fuqarolarimizdan esa imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, xabarda O‘zbekiston doimo mintaqadagi barcha tomonlarni o‘zaro muzokaralar orqali tinchlik yo‘lida harakat qilishga chaqirib kelgani ta’kidlangan.

 

“Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda, fuqarolarimizdan hushyorlikni saqlashni va rasmiy e’lonlarni kuzatib borishni iltimos qilamiz” – deya yozadi tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//