AQSH vizasiga ariza beruvchilar ijtimoiy tarmoqlardagi profilini “ochiq” holatga oʻtkazishi kerak boʻladi

Saqlash
16:20 / 21.06.2025 53 0

Endi AQSHning F, M va J turdagi noimmigratsion vizasiga (talaba va taʼlimga oid vizalar) ariza beruvchilardan oʻz shaxsini aniqlash va mamlakatga kirish huquqini baholash uchun barcha ijtimoiy tarmoqlardagi profillarini “ochiq” (ommaviy) holatga oʻtkazish talab etiladi. Yaʼni qulfdan chiqarib qoʻyish kerak boʻladi. Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.

 

Qayd etilishicha, elchixona viza murojaatlarini tekshirish va saralash jarayonida, AQSH hududiga kirishi mumkin boʻlmagan, jumladan AQSH milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslarni aniqlash uchun, barcha mavjud maʼlumotdan foydalanadi.

 

2019-yildan beri, AQSH viza murojaatchilaridan, immigratsion va noimmigratsion vizaga murojaat etish uchun toʻldirilgan formalarida ijtimoiy tarmoq identifikatorlarini koʻrsatishlarini talab etadi.

 

Vizaga murojaat etish uchun toʻldirilgan DS-160 formasida, murojaatchilar soʻnggi 5-yil mobaynida ijtimoiy tarmoqlarda foydalangan barcha ismlar va taxalluslarini kiritishlari talab etiladi. Formani imzolab yuborishdan avval, murojaatchilar toʻldirilgan DS-160 formadagi barcha maʼlumot toʻgʻri va haqqoniy ekanligini tasdiqlashlari zarur. Ijtimoiy tarmoqlar bilan bogʻliq maʼlumotni kiritmaslik, viza murojaati boʻyicha rad javobi berilishiga hamda kelgusida viza olish huquqidan mahrum boʻlishga olib kelishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//