
Jahon
Turkiyaning Kutahya shahrida yashovchi 71 yoshli uy bekasi Selma Shahin 2-yil avval boshlagan universitet taʼlimini muvaffaqiyatli tugatdi, deb xabar beradi Milliyet nashri.
Yoshligida oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli oʻrta maktabni tark etishga majbur boʻlgan ikki nafar farzand va toʻrt nafar nabiraning onasi oʻrta maktab va litseyni ochiq holda tugatgach, universitetga kirish imtihonlarida yetarli ball toʻplab, Kütahya Dumlupınar (DPÜ) universitetining Tasviriy sanʼat kasb-hunar oliy maktabida taʼlim ola boshlaydi.
Shahinning nashrga bergan maʼlumotlariga koʻra, u rasm chizishni yaxshi koʻrgani va sanʼatga qiziqqani uchun aynan shu yoʻnalishni tanlagan. U boshqa oʻquvchilar bilan ahil boʻlib, umuman dars qoldirmagan. Taʼkidlashicha, kursdosh oʻquvchilar Shahinga barcha masalada, xususan, kompyuter darslarida yaqindan yordam bergan.
71 yoshli bitiruvchi shuningdek, uy bekasi boʻlish uning taʼlimiga hech qanday xalal bermagani, hunarmand turmush oʻrtogʻi boʻlsa uni taʼlim borasida maksimal qoʻllab-quvvatlaganini aytadi.
Biroq unga bu yoʻlda toʻsqinlik qilmoqchi boʻlganlar ham topilgan. Baʼzilar “Bu yoshda uyda qol, oʻqib nima qilasan?” degan. Bu fikrlar onaxonni biroz ranjitsa-da u oʻqishdan voz kechmaganini aytadi.
“... Chunki oʻqib, oʻrganish uchun yosh chegarasi yoʻq. Men juda baxtliman va holatimdan mamnunman. Otam moliyaviy qiyinchilik tufayli meni oʻqitolmadi, shuning uchun oʻrta maktabdan ketishga majbur boʻldim. Taʼlim olish mening ichimda orzu boʻlib qolgandi. Kattaroq yoshda oʻqish imkoniyatiga ega boʻldim. Ham yoshlarga hamda men kabi yoshi kattalarga namuna boʻlsam, xursand boʻlardim”, – deydi u.
Qayd etilishicha, ikki yillik grafik dizayn kursini muvaffaqiyatli tamomlagan Shahin 27-iyun kuni boʻlib oʻtadigan bitiruv marosimida mutaxassislik diplomini qoʻlga kiritadi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q