
Jahon
AQSHda bir qancha vaqt avval vafot etgan ayolning farzandi dunyoga keldi. Jorjialik Adriana Smitning miyasi uning homiladorlik davrida oʻlgani aniqlangach, jismi sunʼiy hayotiy taʼminot apparatiga ulanadi, deb yozadi The Guardian.
Tugʻilgan bola – Eypril Nyukirk buvisining soʻzlariga koʻra, bola kesarcha kesish yoʻli bilan muddatidan avval dunyoga kelgan. Hozir u intensiv terapiya boʻlimida, uning vazni 1 funt, 13 unsiy (tahminan 823 gr)ni tashkil etadi.
“Ehtimol, u bilan hammasi yaxshi boʻladi. Bola hayot bilan kurashmoqda”, – deydi Nyukirk.
Adriana Smit fevral oyida boshida kuchli ogʻriq kuzatilgach tibbiy yordamga murojaat qiladi. Tekshiruvlar ayolning bosh miya tomirlarida tromb shakllanganini koʻrsatadi. Uning oʻlimiga mana shu sabab boʻladi.
Shifokorlarning ayol jismini sunʼiy saqlash apparatiga ulash qaroriga Jorjiada homilaning 6 oylik muddatidan keyin abort qilish cheklovi asos boʻlgan.
“Biz bola hayotini saqlab qolishni xohladik. Axir u qizimizning bir boʻlagi. Shu bilan birga, bu qarorni shtat emas, biz qabul qilishimiz kerak edi”, – deydi Nyukirk.
Unga koʻra, shifokorlar boshqa chora qolmaganini aytgan. Natijada, shifoxonada shifokorlarning xulosasi, tibbiy adabiyotlar va yuridik tavsiyalariga tayanilgan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q