
Siyosat
Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuzilishi belgilandi. Bu haqda 20-iyun kuni Qashqadaryoni kompleks rivojlantirishning ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.
“Viloyatdagi o‘zgarishlarni ko‘rib, odamlar bilan gaplashib, islohotlarimiz ularning hayotiga shiddat bilan kirib borayotganiga yana bir bor amin bo‘ldim. Oldinlari bitta viloyatdagi o‘zgarishlar bilan tanishishga bir kun yetardi. Shu kunlarga yetib keldik, hozir bitta tumanga bir hafta ham kam”, dedi yig‘ilishga raislik qilgan Shavkat Mirziyoyev.
Uning ta’kidlashicha, 8 yil avval viloyat sanoatining yarmidan ko‘pi neft-gaz va kimyo tarmog‘i korxonalariga to‘g‘ri kelgan, o‘tgan davrda elektrotexnika, qurilish materiallari, to‘qimachilik, mebelchilik sohalarida katta sakrash bo‘lib, hozirda bu tarmoqlarning sanoatdagi ulushi 54 foizni tashkil etmoqda. Lekin qilingan ishlar bilan cheklanmasdan, yanada yuqori sur’at bilan ishlash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident joriy hafta boshida hokimlarga yuqoridan topshiriq kutmasdan, o‘zi tashabbus qilib, proaktiv ishlashga o‘tish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berganini eslatdi. Qashqadaryoda hali ishga solinmagan kamida 15 milliard dollarlik salohiyat bor. Bu imkoniyatlarning kamida uchdan biri loyihaga aylantirilsa, viloyatning yalpi hududiy mahsulotini kelgusi besh yilda bemalol 10 milliard dollardan oshirish mumkinligi ta’kidlandi.
“Qisqa qilib aytganda, Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalada ishga tushgan yangi loyihalar “Islohotlar shtabi”ga tayyor andoza. Respublikadagi barcha tuman hokimlari Shahrisabz, Yakkabog‘ va Ko‘kdalani kelib ko‘rsin, o‘rgansin, o‘zida ham mana shunday yangi-yangi loyihalarni qilsin”, dedi Prezident.
Shu munosabat bilan Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuzilishi belgilandi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q