
Jamiyat
Bugungi kunda o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi, bu haqida HeadHunter Uzbekistan onlayn platformasi navbatdagi tadqiqotiga asoslanib xabar berdi.
Onlayn platforma ish izlovchilar orasida o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining faqat uchdan bir qismi o‘z ma’lumoti bo‘yicha ishlayotganini bildirgan. Qolganlar esa sohasini butunlay o‘zgartirgan yoki diplomdagi bilimlarini faqat qisman qo‘llamoqda.
Tadqiqot asosiy xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda ta’lim bilan mehnat bozori ehtiyojlari o‘rtasida tafovut mavjud.
So‘rov natijasi quyidagicha:
– 64 foiz respondentda oliy ta’lim yoki oliy ta’limdan keyingi ta’lim mavjud;
– 78 foizi agar imkon bo‘lsa, boshqa mutaxassislikni tanlagan bo‘lishini aytgan;
– Faqat 27 foiz odam diplomni karyeraviy muvaffaqiyatning asosiy omili deb biladi – ko‘pchilik esa tajriba, moslashuvchanlik va ko‘nikmalarga urg‘u beradi;
– 74 foiz ishtirokchi onlayn ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi, lekin ularning faqat uchdan biri uni universitetga to‘liq muqobil deb hisoblaydi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ish beruvchilar hanuzgacha diplomga e’tibor berishsa-da, amaliy tajriba, tashabbuskorlik va moslashuv qobiliyatini yanada yuqori baholamoqda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q