
Ilm-fan
20−22-iyun kunlari respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet agentligi xabar berdi.
Sel kelishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlar:
Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati: Fargʻona, Beshariq tumanlari va Soʻx, Shohimardon hududlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻraldi.
“Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q