Jahon
Qozogʻiston Xitoyga 1,5 ming bosh saygʻoq sovgʻa qiladi. Bu haqda prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev maʼlum qildi.
“Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev qoʻshni davlatdagi populyatsiyasini tiklash maqsadida Xitoyning gʻarbiy qismiga qoʻyib yuborish uchun Chin hukumatiga 1,5 ming bosh saygʻoqni sovgʻa qilish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Oʻz navbatida, Xitoy raisi Si Jinping saygʻoqlar populyatsiyasini qayta tiklash boʻyicha qabul qilingan qarori uchun Qosim-Joʻmart Toʻqayevga minnatdorchilik bildirdi”, deyiladi prezident axborot xizmati xabarida.
Avvalroq Qozogʻistonda saygʻoqlar populyatsiyasi haddan ziyod koʻpaygani, mahalliy fermerlar bundan aziyat chekayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu yil saygʻoqlar soni 5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Qozogʻistonlik saygʻoqlar hatto Rossiya hududlariga koʻchib oʻtib, ekinlar, yaylovlar, pichanzorlarni payhon qilayotgani tufayli, rossiyalik fermerlar prezident Vladimir Putindan yordam soʻragandi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
110004
Jamiyat
94297
Jamiyat
90154
Jamiyat
73444
Jamiyat
//
Izoh yo‘q