
Jamiyat
Xushmanzara togʻ bagʻridagi 3 gektar joyda qurilgan ushbu mehmonxonalar ixchamligi va hamyonbopligi bilan ajralib turadi. Hozirda jami 188 oʻrinli 2 ta mehmonxona, kapsula shaklidagi uylar, restoran va xoʻjalik binolari barpo etilgan. Keyingi bosqichda yana 20 ta shunday uy qurilishi moʻljallangan.
Shavkat Mirziyoyev mehmonxonada yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Umuman, hududda turizmni rivojlantirish maqsadida qiymati 1 milliard 800 million dollar boʻlgan 52 ta loyiha amalga oshiriladi. Natijada 3 ming 300 ta ish oʻrni yaratiladi va 1 million nafar sayyohga xizmat koʻrsatiladi.
Parkentning qorli togʻlari yana bir ulkan loyihani amalga oshirish imkonini bermoqda. Bu yerda Avstriya kompaniyasi tomonidan 1 ming 200 gektarda togʻ-changʻi kurorti qurish rejalashtirilgan.
Davlat rahbariga ushbu loyiha haqida axborot berildi. Uning doirasida 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar, changʻi uchish va osma dor yoʻli, shalelar, piknik maydoni, restoranlar, sogʻlomlashtirish xizmatlari tashkil etiladi.
Loyiha uch bosqichda amalga oshiriladi va toʻliq quvvatda kuniga 15 ming nafar sayyohni qabul qilish imkoniga ega boʻladi. 600 ga yaqin servis majmualari tashkil etiladi. Mavsumiy xizmatlar bilan birga 10 mingga yaqin ish oʻrni yaratiladi. Umuman, bu maskan, Boʻstonliqdagi “Amirsoy” kurorti kabi, Toshkent viloyatining yirik turizm manzillaridan biriga aylanadi.
Mutaxassislar bilan muloqotda loyihani takomillashtirish, xizmatlar qamrovini kengaytirish va qurilishni tezlashtirish tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q