Oʻzbekistondagi 12 ta OTM dunyoning top-1000 talik oliygohlari roʻyxatiga kirdi

Saqlash
18:33 / 18.06.2025 206 0

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi “THE Impact Rankings 2025” reytingida Top-1000 talik universitetlar ro‘yxatiga kirdi, deb xabar berdi

 

18-iyun kuni nufuzli xalqaro reyting agentligi Times Higher Education tomonidan “THE Impact Rankings 2025” natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etib, Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida mutlaq yetakchiga aylandi.

 

Agentlik universitetlarning BMT tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) qo‘shgan hissasini tahlil qildi. Unda O‘zbekistonning 59 ta oliy ta’lim muassasasi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich mintaqadagi eng yuqori natija hisoblanadi.

 

Aytilishicha, O‘zbekistonning 12 ta oliy ta’lim muassasasi jahonning Top-1000 talik universitetlari ro‘yxatidan munosib o‘rin oldi. Ular orasidan 3 ta universitet reytingning eng yuqori — 201–300-bandida qayd etildi:

 

– Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti – 201-300

– O‘zbekiston Milliy universiteti – 201-300

– “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 201-300

– Toshkent davlat yuridik universiteti – 301-400

– Samarqand davlat universiteti – 401-600

– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 401-600

– Buxoro davlat universiteti – 601-800

– Samarqand davlat tibbiyot universiteti – 601-800

– Navoiy davlat universiteti – 801-1000

– Toshkent davlat pedagogika universiteti – 801-1000

– Toshkent davlat texnika universiteti – 801-1000

– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti – 801-1000

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//