Jahon
Telegram asoschisi, dunyodagi eng nufuzli IT yetakchilardan biri Pavel Durov amerikalik mashhur jurnalist Taker Karlsonga xibsdan ozod etilganidan keyingi birinchi intervyusini berdi.
Unda Durov oʻzining Fransiyada hibsga olinishi bilan bogʻliq voqeaga izoh berib, Oʻzbekistonga boʻlgan safarini eslab oʻtgan.
Durovning hibsga olinishi ortidan uning yirik kompaniyalarga bosh boʻlgan doʻstlari Fransiyaga borish xavfli ekanini oʻylab qolgani haqida gapirarkan, jurnalist sobiq sovet respublikalari haqidagi stereotiplarga qaramay “borishga hech kim qoʻrqmaydi“ deya Oʻzbekistonni tilga oladi. Unga koʻra, jurnalist Oʻzbekistonda shaxsan boʻlmagan boʻlsa ham, bu yerga kelganlardan umuman negativ fikr eshitmagan.
“Men Oʻzbekistonni reklama qilmayapman. Lekin “Oʻzbekistonga borish men uchun qoʻrqinchli” degan odamni uchratmaganman”, − deydi Karlson.
Unga javoban Durov oʻtgan yili yozda Oʻzbekistonga kelgani va bu sayohatdan mamnun qolgani haqida aytib bergan. Unga koʻra, Oʻzbekistonga kelgan insonlar u yerda oʻzlarini xavfsiz va xotirjam his qilishadi.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110670
Jamiyat
94427
Jamiyat
90331
Jamiyat
74139
Jamiyat
//
Izoh yo‘q