Ertadan boshlab Shohimardon va So‘xga borishdagi postlar 24 soat ishlaydi

Saqlash
17:13 / 17.06.2025 36 0

18 iyundan boshlab "Farg‘ona" chegara bojxona posti, Shohimardon qishlog‘iga o‘tishdagi "Oq qiya" bojxona punkti va "So‘x" chegara bojxona postining "Chashma" bojxona punkti 24 soatlik ish tartibiga o‘tadi. Bu haqda Bojxona qo’mitasi Raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.

 

Farg‘ona viloyati hokimligi ular qatoriga "Vodil-Qadamjoy" nazorat-o‘tkazish maskani ham qo‘shilishini ma'lum qilgan.

 

"Ushbu chora-tadbirlar Farg‘ona tumanidagi Shohimardon qishlog‘i hamda So‘x tumaniga borishda fuqarolar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, fuqarolarning harakatlanishini yanada erkin va qulay qilish, postlarda yuzaga keladigan tirbandliklarning oldini olish maqsadida joriy etilmoqda", — deyiladi hokimlik xabarida.

 

Ma’lumot uchun, So‘x va Shohimardon O‘zbekiston uchun anklav hududlari bo‘lib, ular Qirg‘iziston ichkarisida joylashgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//