Ilk qoidabuzarlik sodir etilganda jarima emas, maʼmuriy ogohlantirish chorasi qoʻllaniladi

Saqlash
14:33 / 17.06.2025 77 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 17-iyundagi majlisida deputatlar birinchi oʻqishda qabul qilgan qonun loyihasi bilan quyidagilar belgilandi:

 

- Jarima qoʻllashga oid qaror bir oydan kechiktirilmay chiqarilishi kerak. Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun foto va video orqali rasmiylashtirilgan jarimalar bir oydan kech yuborilsa, maʼmuriy jazo qoʻllanilmaydi.

 

- yoʻl chizigʻini (polosa) bosish foto-video moslamalar orqali qayd etilmaydi.

 

- Maʼmuriy ogohlantirish. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 6 moddasida aks etgan qoidalar, yaʼni kamar taqmaslik, texnik koʻrikdan oʻtkazmaganlik, tegishli jihozlar bilan jihozlanmaganligi, telefon, monitordan foydalanish, toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzganlik, majburiy sugʻurta qilmaganligi, piyodalar va boshqalar tomonidan birinchi marta qoidabuzarlik sodir etilganda, jarima emas, maʼmuriy ogohlantirish chorasi qoʻllaniladi. Bu chora bir yilda bir marta qoʻllaniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//