Toshkent shahridan Yangi Toshkentgacha metro yo‘li quriladi

Saqlash
09:33 / 17.06.2025 42 0

16-iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida rejalashtirilgan qurilish va jamoat transporti, jumladan, poytaxtdan Yangi Toshkentgacha metro yo‘li qurilishi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

Ushbu yo‘nalish hozirgi “Do‘stlik” metro bekatidan boshlanib, yangi markazgacha boradi. Uzunligi 21 kilometr, 9 ta bekatdan iborat bo‘lishi kutilayotgan bu metro kuniga 230 minggacha yo‘lovchilarni qamrab oladi.

 

Metroni Toshkent traktor zavodi dahasigacha olib borish ham rejalashtirilgan. Bu 2 bosqichda amalga oshiriladi:

 

1-bosqichda Chilonzor yo‘lining "Pushkin" bekatidan Toshkent halqa yo‘ligacha yer yuzasi bo‘ylab metro yo‘li quriladi. 

2-bosqichda u yerdan Toshkent traktor zavodi dahasining shoh bekatigacha yerosti yo‘li barpo etiladi.

 

Shuningdek, transportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur temir yo‘l Toshkent halqa yo‘li ostidan o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Yerosti yo‘nalishi ham ko‘chadagi harakatni to‘xtatmagan holda quriladi. Bu yangi metro yo‘li 85 ming yo‘lovchini qamrab olishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//