9 ta vazirlikning tuman bo‘limi hokimlik tizimiga o‘tadi

Saqlash
12:51 / 16.06.2025 151 0

Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

 

Endilikda tumanda ish ham, yondashuv ham, boshqaruv tizimi ham o‘zgarishi belgilandi.

 

Bu tizim yil yakunigacha Surxondaryoda to‘liq, qolgan hududlarda jadal rivojlantirish belgilangan 15 ta tuman va shahar - Qo‘ng‘irot, Chimboy, Asaka, G‘ijduvon, G‘allaorol, Yakkabog‘, Xatirchi, Chortoq, Bulung‘ur, Sirdaryo, Quva, Shovot, Hazorasp tumanlari, Marg‘ilon va Yangiyo‘l shaharlarida, Toshkent shahrida esa Bektemir tumanida joriy qilinadi.

 

Prezident Administratsiyasi va Hukumat vakillari hamda viloyat hokimlari bunga mas’ul bo‘ladi.

 

Prezidentimiz yangi tizimni Sirdaryo tumani misolida tushuntirib berdi.

 

Jumladan, kompleks rivojlantirishga mas’ul 9 ta vazirlikning tuman bo‘limi hokimlik tizimiga o‘tadi. Bular – iqtisodiyot va moliya, investisiya, qishloq xo‘jaligi, bandlik, qurilish, ekologiya, madaniyat, oila va xotin-qizlar, yoshlar bo‘limlari.

 

Tuman hokimi hokimlik va ushbu 9 ta idoradagi shtatlarni o‘zi taqsimlab, qaysi bo‘limda nechta odam ishlashini, ishga olish-bo‘shatishni o‘zi hal qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//