TIV: 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan evakuatsiya qilindi

Saqlash
11:04 / 16.06.2025 29 0

Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov OAV vakillaridan kelayotgan savollarga izoh berdi.

 

Unda aytilishicha, 16-iyun holatiga ko‘ra, 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarbayjon orqali muvaffaqiyatli evakuatsiya qilinib, mamlakatimizga yetkazilgan.

 

“Mazkur jarayonda yaqindan ko‘mak bergan Turkmaniston, Ozarbayjon va Eronlik hamkasblarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

 

Fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.

 

Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalarimiz bilan aloqada bo‘lish tavsiya etiladi.

 

Erondagi Elchixonamiz aloqa ma’lumotlari:

 

Telefon: +98 (21) 22299780, 22832025

Elektron pochta: iri.uzembassy@mfa.uz

Isroildagi Elchixonamiz aloqa ma’lumotlari:

Telefon: +972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076

Shoshilinch xabarlar uchun: +972 (54) 485-1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz”, deyiladi izohda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//