Madaniyat
Joriy yilning mart oyida Homay qoʻshigʻi bilan ommalashgan, etno-pop usulida ijod qiluvchi boshqirdistonlik Ay Yola guruhi Yola nomli qoʻshigʻiga Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Yoqutiston va Boshqirdistonda suratga olingan klipini taqdim etdi. Klipni suratga olish ishlari mazkur mamlakatlarning noyob, goʻzal yerlarida amalga oshirilgan.
.jpg)
Xususan, tomoshabin Oʻzbekistondagi durdona meʼmoriy asarlari bilan qad rostlagan qadimiy Buxoro arxitekturasini ham koʻrishi mumkin. Keyingi kadrlar boʻlsa Qozogʻistonning bepoyon, ajoyib landshaftlari bilan hayratga soladigan Mangistauda suratga olingan. Yoqutistonning shimoliy goʻzalligi (Saxa-Yakutiya) klipga oʻzgacha atmosfera beradi. Ijodiy guruhning ona vatani boʻlmish Boshqirdiston boʻlsa oʻzining betakror manzarasi bilan klipga yakun yasaydi.
.jpg)
Klip You Tube platformasiga joylanganiga bor-yoʻgʻi 3 kun boʻlgan boʻlsa-da, koʻrishlar soni 835 mingdan oshgan.
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
113280
Jamiyat
95998
Jamiyat
93278
Jamiyat
77263
Jamiyat
//
Izoh yo‘q