Istanbulda qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

Saqlash
09:12 / 16.06.2025 61 0

Turkiyada og‘ir sharoitda qolgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi Istanbuldagi bosh konsulxona va fuqarolik jamiyatlari ko‘magida vatanga qaytarildi. Bu haqda konsulxona axborot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro T.O.ning onasi 2015-yilda Turkiyaga ish izlab kelgan va Istanbulga joylashgan. U yerda Turkiya fuqarosi bilan shar’iy nikoh asosida turmush qurgan. Qizining aytishicha, o‘gay otasi unga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan.

 

2017-yilda holat aniqlangach, voyaga yetmagan fuqaro Istanbuldagi bolalar uyiga joylashtirilgan. 2024-yil fevral oyida T.O.ning opasi sudga qilgan murojaat asosida u bolalar uyidan ozod etilgan. Biroq, opasining Turkiya politsiyasiga kuch ishlatgani uchun qamoqqa tushgani bois, T.O. yana qarovsiz qolgan.

 

Bosh konsulxona Yelkadosh va O‘zbek xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari bilan hamkorlikda uning O‘zbekistonga qaytarilishi va qonuniy vakillariga topshirilishini tashkil etdi.

 

Diplomatik vakolatxona ota-onalarni farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmaslikka, ularning xavfsizligi va huquqiy himoyasiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//