Jamiyat
Qashqadaryo viloyati IIB fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik ko‘rsatgan profilaktika inspektorining xizmatlari munosib taqdirlangani haqida xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 12-iyun kuni Koson tumanida yashovchi fuqaro o‘z joniga qasd qilish maqsadida Qarshi bosh kanaliga o‘zini tashlagan. Shu vaqtda Qarshi tumani ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektori, kapitan Sherbek To‘raqulov fuqaroni qutqarib qolgan.
Fuqaroning hayotini saqlab qolishda jonbozlik ko‘rsatgan profilaktika inspektorining xizmatlari viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov tomonidan munosib taqdirlandi.
Koson tuman hokimligi ham kapitan Sherbek To‘raqulovga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
109707
Jamiyat
94092
Jamiyat
89875
Jamiyat
73056
Jamiyat
//
Izoh yo‘q