
Jamiyat
2025-yilning yanvar-mart oyida maktablar oldida voyaga yetmaganlar ishtirokida birorta ham yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lmagan. Bu haqda 13-iyun kuni OAV vakillari uchun IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatida tashkil etilgan press turda ma’lum qilindi.
Tadbirda qayd etilishicha, prezidentning 316-sonli qaroriga asosan, YHXXda maxsus sinfxona tashkil etilgan. Ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish guruhi katta inspektori Farruh Mirzaboyevga ko‘ra, mazkur xona bog‘cha va maktablar atrofida bolalar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan YTHlarning oldini olishga qaratilgan hamda bu yerda chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
“Hozirgi kunda mamlakat bo‘yicha jami maktablar soni 10 ming 770 tani tashkil etadi. O‘quvchilar esa 6 million 670 ming nafar atrofida. „Xavfsiz bolalik“ dasturi doirasida maktablar oldiga 208 ta chaqiruv tugmali va 217 ta ko‘chma svetoforlar o‘rnatildi. Fransiya tajribasi asosida 865 ta qavariq piyodalar o‘tish joyi qilindi. 1 ming 599 ta sun’iy notekislik, 7598 ta temir panjara, maktablarga yaqin hududlarga 109 ta kamera o‘rnatildi. 5 ming 150 ta maktabda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini o‘rgatuvchi maxsus sinflar tashkil etilib, o‘quvchilar uchun 42 ming 300 dan ortiq „xavfsiz yo‘nalish xaritasi“ ishlab chiqildi”, — deydi u.
Mas’ullarga ko‘ra, 2025-yilda “Xavfsiz bolalik” dasturi doirasida quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
Magistral yo‘llarda:
Shahar ko‘chalarida:
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q