
Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan Xorazm viloyatiga xos boʻlgan tuxum barak milliy taomi geografik koʻrsatkich sifatida rasmiy davlat reyestriga kiritildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.
Ushbu taom oʻziga xos tarkibi, tayyorlanish usuli va qadimiy anʼanaviy asoslari bilan ajralib turadi. Tuxum barak asosan Xorazm aholisi orasida keng tarqalgan boʻlib, hududning boy madaniy-gastronomik merosini aks ettiradi.
Geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi ushbu milliy taomni huquqiy jihatdan himoya qilish, uning sifat va nufuzini saqlab qolish, shuningdek, Xorazm viloyatining hududiy gastronomik brendi sifatida targʻib qilishga xizmat qiladi.
Geografik koʻrsatkich – bu mahsulotning maʼlum bir hududga xosligi va aynan shu hududning iqlim, tuproq, urf-odat va boshqa omillari bilan bogʻliq alohida sifatlarga ega ekanligini bildiruvchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.
Avvalroq Samarqand noni va Gʻijduvon shashligi geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q