Siyosat
Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham faol ishtirok etdi. Bank prezidenti Odil Reno-Basso forum ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi va so‘nggi yillarda yurtimizda investitsiyalar darajasi barqaror o‘sib borayotganini ta’kidladi.
“Islohotlar va iqtisodiyotni liberallashtirish nuqtai nazaridan O‘zbekiston xususiy sarmoya kiritish imkoniyatlarini kengaytirishni davom ettirishi kerak. Xususiylashtirish va me’yoriy-huquqiy bazani mustahkamlash borasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektor o‘sishini rag‘batlantirish uchun hali ko‘p ishlar qilinishi lozim.
Hozirgacha erishilgan natijalar juda quvonarli. Masalan, qayta tiklanadigan energetikaga investitsiyalar katta miqdorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qildi, iqtisodiy faollikni rag‘batlantirdi va ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
So‘nggi yillarda investitsiyalar darajasi barqaror o‘sib bormoqda, O‘zbekiston YTTB investitsiyalari hajmi bo‘yicha yetakchi 5 davlat qatoriga kirdi. Ushbu ijobiy tendensiya kelgusi yillarda ham davom etishini kutamiz”, deydi Odil Reno-Basso.
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94080
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73017
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q