Jamiyat
2025-yilning oxiriga qadar Toshkent shahrida Yevropa investitsiya bankining (YIB) mintaqaviy ofisi ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqida bankning Markaziy Osiyo bo‘yicha kreditlashtirish bo‘limi mutaxassisi Davide Monguzzi Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.
Yevropa investitsiya bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha kreditlashtirish bo‘yicha mutaxassisi Davide Monguzzi YIB mintaqaga faolroq kirib borayotgani sababli, O‘zbekistonda ham bankning mintaqaviy vakolatxonasi ochilishi kutilayotganin ma’lum qildi. Samarqanddagi sammitda vakolatxona ochish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.
YIB o‘z faoliyatini barqaror infratuzilmani rivojlantirishga — xususan, transport va suv xo‘jaligi sohalariga qaratmoqchi. Afzallik berilgan loyihalar qatorida Qoraqalpog‘iston va Samarqandda yuklama yuqori bo‘lgan yo‘llar, sug‘orish tizimlarini rivojlantirish, avtomobil va temiryo‘llar qurilishi va modernizatsiyasi kabi tashabbuslar bor.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110003
Jamiyat
94296
Jamiyat
90153
Jamiyat
73441
Jamiyat
//
Izoh yo‘q