Siyosat
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) davlat rahbarlarining keyingi norasmiy uchrashuvini Turkistonda o‘tkazish taklifini bildirdi. Bu haqda u TurkPA a’zo davlatlari parlament rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Yaqinda Vengriyada bo‘lib o‘tgan davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi samarali bo‘ldi. Qozog‘iston bu ijobiy yo‘nalishni davom ettirishdan doimo manfaatdor. Shu munosabat bilan men keyingi sammitni Turkistonda o‘tkazishni taklif etdim”, dedi prezident.
To‘qayev Qozog‘iston Parlament assambleyasi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini va turkiy integratsiyaga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari natijalarini yuqori baholaydi va erishilgan kelishuvlarni sifatli amalga oshirishga katta e’tibor qaratadi.
“Turkiy alifboning yagona variantini tasdiqlashni tarixiy voqea deyish mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
21-may kuni Vengriyada Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammiti o‘tkazilgan edi. Unda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ishtirok etdi.
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94080
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73017
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q