Siyosat
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Hokim o‘rinbosari mahalliy fermer xo‘jalik rahbarining ishonchiga kirib, uning 2025-yilgi 300 kg pilla topshirish rejasini yopib berishini aytgan. Evaziga jami 21 mln so‘m talab qilgan.
Shundan 7 mln so‘mini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi (Pora berishda ishtirok) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
                  Siyosat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Ilm-fan
                  Madaniyat
                  Jamiyat
             109695
          Jamiyat
             94080
          Jamiyat
             89860
          Jamiyat
             73017
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q