YTTB O‘zbekistonga irrigatsiya tizimi modernizatsiyasi uchun mablag‘ ajratadi

Saqlash
12:31 / 13.06.2025 86 0

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Suv xo‘jaligi vazirligiga nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish uchun 250 million AQSh dollarigacha kredit ajratadi, deb xabar berdi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.

 

Mablag‘lar mamlakatning 10 ta hududidagi 110 ta sug‘orish nasos stansiyasini yangilashga yo‘naltiriladi.

 

Natijada, yillik elektr energiyasi iste’molining 251 ming MVt/soatga kamayishi va atmosferaga chiqariladigan karbonat angidrid miqdorining 117 ming tonnadan ko‘proqqa qisqarishi kutilmoqda.

 

Bundan tashqari, loyiha doirasida tegishli infratuzilma yangilanadi, jumladan, nasos stansiyalarining tomlariga quyosh panellari o‘rnatiladi.

 

Bugungi kunda bankning O‘zbekistondagi investitsiya portfeli umumiy qiymati 5,6 milliard yevro bo‘lgan 181 ta loyihadan iborat bo‘lib, mablag‘larning katta qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston ketma-ket beshinchi yil YTTBning Markaziy Osiyodagi eng yirik investitsiyalari manzili bo‘lib qolmoqda.

 

YTTBning 2024-yilda O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi bir milliard dollarga yetdi. Boshqa tashkilotlar bilan qo‘shma moliyalashtirishni hisobga olgan holda, bank mamlakatga 1,3 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilishga ko‘maklashdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 140
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 60
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 407
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 172
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109269
72601

//