Yangi Toshkentda “Peterburg mahallasi” barpo etiladi

Saqlash
10:30 / 13.06.2025 63 0

Yangi Toshkent hududida Sankt Peterburgning me’moriy elementlari va diqqatga sazovor joylaridan foydalangan holda “Peterburg mahallasi” qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

12-iyun kuni shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Sankt Peterburg gubernatori o‘rinbosari Nikolay Linchenko boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar shaharsozlik va shahar infratuzilmasini rivojlantirish sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlandi.

 

Tomonlar qurilayotgan shahar hududida “Peterburg mahallasi” — “hududlararo sheriklik aloqalarini mustahkamlashning ramzi” bo‘lgan turar joy va jamoat maydonini yaratish loyihasiga alohida e’tibor qaratdi.

 

Sankt Peterburg vitse-gubernatori Nikolay Linchenko bo‘lajak mahalla hududini ko‘zdan kechirishda ishtirok etganini xabar qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha “eski” Toshkentning sharqiy qismiga tutash yangi shaharning bir qismiga aylanadi va O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan konsepsiya doirasida amalga oshiriladi.

 

Aytilishicha, mahallani tashkil etishga peterburglik mutaxassislarni jalb qilish tashabbusi 2023-yilda bo‘lib o‘tgan Sankt Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ilgari surilgan. O‘shandan beri tomonlar ishchi guruh tuzib, yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda. Qurilishni boshlash esa 2026-yilga mo‘ljallangan.

 

Loyiha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

 

Foto: Toshkent hokimligi

 

николай линченко, шавкат умурзоқов, yangi тошкент, петерbuрг mahallasi, санкт петерbuрг

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//