“Toshkentda 110 mingta uy buzilishi haqidagi xabarlar asossiz” – vazirlik

Saqlash
11:40 / 12.06.2025 47 0

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bu xabarlar asossiz ekanligini maʻlum qildi.

 

Qayd etilishicha, ayni kunlarda mamlakatda koʻp qavatli uy-joy fondining seysmik holatini oʻrganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini taʼminlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda. Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega boʻlmagan bitta obyektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida ushbu obyekt boʻyicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar koʻrilgan.

 

“Ayni vaqtda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas”, deyiladi xabarda.

 

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi fuqarolardan ishonchsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy maʼlumotlarga tayanishni soʻradi. Shuningdek, yolgʻon axborot tarqatganlik uchun qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib oʻtdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//