
Jamiyat
Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi, deya xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.
Qoʻqon shahrida yashovchi 63 yoshli shaxs 54−60 yosh oraligʻidagi 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.
U muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga aʻzo boʻlib, Jinoyat kodeksining 159-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244−1-moddasi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) va 244−2 moddasida (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2000−2019-yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtagan.
Guruh aʻzolari 2024−2025-yillar davomida shahardagi choyxona va oshxonalarda oʻtkazilgan oʻzaro yigʻinlarda “Hizb ut-Tahrir” gʻoyalarining Oʻzbekistonga olib kirilishini, tashkilot tomonidan chop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati qurish gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlab kelgan.
Shuningdek, Telegramʻdagi yopiq kanalga aʻzo boʻlib, unda “Hizb ut-Tahrir”ga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borgan.
Taʻkidlanishicha, guruhning 54 yoshli aʻzosi ham muqaddam tashkilotdagi ishtiroki uchun 23-yillik jazo muddatini oʻtab, 2024-yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan. Boshqa bir aʻzosi esa firibgarlik bilan bogʻliq jinoyati uchun jazo muddatini oʻtab chiqqan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi va 244−1 hamda 244−2 moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q