 
                   
                    Ilm-fan
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova xabar berdi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikrohudud doirasida,
2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikrohududdan tashqari doirada.
Maktabga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtib, ariza topshirishlari mumkin boʻladi. Ular videoyoʻriqnoma bilan tanishib chiqib, my.maktab.uz platformasi orqali oʻzlariga biriktirilgan maktabni qanday aniqlashni bilib olishi mumkin.
Davlat xizmatlari koʻrsatilmaydigan hududlarda esa 1-sinfga qabul qilingan oʻquvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz) ga kiritiladi.
Vazirlik “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga toʻladigan yilda maktabga qabul qilinishini eslatgan. Shunga koʻra, bu yil 1-sinfga 2018-yilning 31-dekabriga qadar tugʻilgan bolalar qabul qilinadi.
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72982
             72982
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q