Zaxarova: Rossiya Oʻzbekiston notasini diqqat bilan oʻrganib chiqmoqda

Saqlash
17:55 / 11.06.2025 82 0

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Oʻzbekiston notasidagi maʼlumotlarni diqqat bilan koʻrib chiqilayotganini maʼlum qildi. Bu haqda Tass axborot agentligi xabar berdi.

Oʻzbekiston TIV matbuot kotibi Ahror Burxonov Rossiyada oʻzbekistonlik fuqarolarni tintuv qilish, qoʻpol va hurmatsiz munosabatda boʻlayotganidan xavotirda ekani, shu munosabat bilan Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga tushuntirish berishni soʻrab nota yuborgan edi.

 

Qayd etilishicha, Rossiya tomoni Oʻzbekiston notasidagi maʼlumotlar diqqat bilan koʻrib chiqilib, oʻzbekistonlik hamkorlarning tegishli soʻrovi vakolatli organlarga yetkazilmoqda. Olingan obyektiv maʼlumotlar belgilangan tartibda Toshkentga yuboriladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova maʼlum qilgan.

 

"Oʻzbekiston elchixonasidan nota olingani munosabati bilan biz undagi maʼlumotlarni sinchkovlik bilan oʻrganmoqdamiz. Shuni taʼkidlashni istardimki, bizda huquq-tartibot va boshqa xizmatlar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa kanallari mavjud. Ittifoqchilar oʻrtasidagi anʼanaga koʻra, suhbat samimiy boʻlib, har qanday signal sinchkovlik bilan koʻrib chiqiladi. Oʻzbekiston tomonining yuqorida qayd etilgan soʻrovi boʻyicha olingan maʼlumotlar vakolatli organlarga yetkaziladi”, - dedi Zaxarova.

 

“Avvalo, Oʻzbekiston bilan mustahkam ittifoqchilik va har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari mavjudligini va ikki tomonlama munosabatlarimizning barcha mavzulariga shu nuqtayi nazardan yondashayotganimizni taʼkidlamoqchimiz”, - deydi u.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//