Xalqaro bank O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini yaxshilashga yordam beradi

Saqlash
10:35 / 11.06.2025 86 0

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki O‘zbekiston avtomobil yo‘llarini yaxshilashga yordam beradi.

 

Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Jamshid Tursunov Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining investitsiyalar bloki rahbari Konstantin Limitovskiy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

 

Uchrashuvda avtomobil yo‘llarini rivojlantirish borasida bank moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan loyihalar va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama etildi.

 

Tomonlar A380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lining 150—228-km (78 km) qismini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati yuzasidan fikr almashdi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi (328,1 km) hamda Xorazm viloyatidagi (188 km) umumiy foydalanuvdagi mahalliy ahamiyatga ega 516,1 km avtomobil yo‘llari qismlarini to‘la ta’mirlash loyihasi bo‘yicha hamda istiqbolda hamkorlikni yanada kengaytirish yuzasidan ham kelishuv amalga oshirildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 144
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 61
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 412
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 174
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109269
72601

//