
Jamiyat
Fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgani paytda qo‘l yuklari orasida og‘zaki so‘rovda ko‘rsatilmagan buyumlar borligi aniqlangan. Ular orasida 267 dona turli turdagi taqinchoq qismlari bo‘lgan.
Ushbu buyumlarning qadimiylik darajasi va qiymatini aniqlash maqsadida badiiy ekspertiza tayinlangan. Ekspert xulosasiga ko‘ra, ularning 39 donasi osma bezak shaklidagi kumush tangalar bo‘lib, ular 19-asrda Buxoro amirligi davrida zarb qilingan. Qolgan taqinchoqlar esa 19-asr oxiri va 20-asr boshlariga oid madaniy boylik hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 23-martdagi 131-sonli qaroriga ko‘ra, 50 yil avval va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekistondan olib chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ayni paytda ushbu buyumlar ashyo dalili sifatida Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q