Oʻzbekistonda erkaklarning ilk nikohlanish yoshi 24 yilda oʻrtacha 2 yoshga yuqoriladi

Saqlash
12:19 / 10.06.2025 152 0

Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekistonda 2024-yilda birinchi marta nikohlanuvchi erkaklarning oʻrtacha yoshi 26,2 yoshni, ayollarning oʻrtacha yoshi 21,8 yoshni tashkil etganini maʼlum qildi.

 

Oʻzbekistonda birinchi marta nikohlanuvchilarning oʻrtacha yoshi dinamikasi quyidagicha:

 

Erkaklar:

2000-yil – 24,2 yosh

2005-yil – 25 yosh

2010-yil – 25,6 yosh

2015-yil – 25,9 yosh

2020-yil – 26,4 yosh

2024-yil – 26,2 yosh

 

Ayollar:

 

2000-yil – 21,4 yosh

2005-yil – 22,2 yosh

2010-yil – 22,4 yosh

2015-yil – 22,5 yosh

2020-yil – 22,3 yosh

2024-yil – 21,8 yosh

 

Demak, 2000-yildan buyon ilk bor nikohlanish yoshi erkaklarda oʻrtacha 2 yoshga oshgan boʻlsa, ayollarda bu koʻrsatgich deyarli oʻzgarishsiz qolgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//