O‘zbekiston BRIKS Yangi taraqqiyot banki bilan 5 mlrd dollarlik qo‘shma loyihalar dasturini shakllantirdi

Saqlash
11:34 / 10.06.2025 119 0

9-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Unda BRIKS ko‘p tomonlama moliyaviy instituti bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, 2024-yilning oktyabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

 

Xususan, bankning Boshqaruv kengashi tomonidan O‘zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati $5 mlrdlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

 

Shavkat Mirziyoyev irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog‘-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta’lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo‘nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini qayd etdi va yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo‘llab-quvvatlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 148
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 62
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 412
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 174
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109269
72601

//