Slovakiya va Oʻzbekiston oʻrtasida madaniy hamkorlik: kino namoyishlari va konsertlar oʻtkaziladi

Saqlash
15:08 / 09.06.2025 28 0

Koʻksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Robert Fitso oʻrtasida muzokaralari boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston va Slovakiya bir qator sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.



Xususan:


- Oʻzbekistondan toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar yetkazib berish;
- Slovakiyadan kauchuk, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlarini yetkazib berish;
- Agrosanoat, avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, farmatsevtika, “yashil” energetika va turizm sohalarida Slovakiya kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi boʻyicha dastur tayyorlash;
- IT startaplarini tezlashtirish boʻyicha qoʻshma venchur fondini tashkil etish;
- Oʻzaro koʻrgazmalar, kino namoyishlari, konsertlar, shuningdek, muzey ishi sohasidagi loyihalarni oʻtkazish;
- Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi sohasida Slovakiya bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
- Xalqaro ahamiyatga molik masalalarda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash;

- Hukumatlararo keng qamrovli “yoʻl xaritasi” qabul qilish.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//