Jamiyat
10-16-iyun kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik tufayli respublikaning togʻli va togʻ oldi hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda Oʻzgidromet tezkor axborot berdi.
Xususan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulungʻur, Nurobod, Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati: Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi, dam oluvchi fuqarolar hamda harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini koʻrishi soʻraladi.
Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimolidan ogohlantiriladi. Bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Jamiyat
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
111665
Jamiyat
94647
Jamiyat
90636
Jamiyat
75167
Jamiyat
//
Izoh yo‘q