Qibrayda quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda

Saqlash
22:32 / 19.08.2021 1173 0

Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Qibray tumanida quvvati 240 MVt bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

minenergy.uz


Xabar berilishicha, qurilish ishlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 2 fevralda “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorga asosan, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Turkiyaning “Cengiz Enerji” (investor), “Cenergo” (loyiha kompaniyasi) firmasi o‘rtasida investisiya bitimi imzolangan.

minenergy.uz


Mazkur IES ishga tushirilgandan so‘ng, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Cengiz Enerji” o‘rtasida elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida ishzolangan bitimga muvofiq, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib oladi.

Qibray tumanida 3,7 gektar yer maydonida qurilayotgan mazkur yangi issiqlik elektr stansiyasi joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//