10-iyun kuni Chilonzor tumanining bir qator koʻchalari transport harakati uchun yopiladi

Saqlash
10:36 / 09.06.2025 35 0

10-iyun kuni Chilonzor tumanining bir qator koʻchalarida soat 16:00 dan boshlab avtotransport vositalari harakati toʻliq cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Unga koʻra, tuman koʻchalarida Oʻzbekiston va Qatar terma jamoalari oʻrtasida futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichi oʻtkazilishi munosabati bilan tadbir toʻliq tugaguniga qadar transport harakati cheklanadi.

 

— Chilonzor va Choʻpon ota koʻchalari chorrahasidan, Choʻpon ota koʻchasi boʻylab, Choʻpon ota — Qatortol koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi;

— Chilonzor va KHAY koʻchalari chorrahasidan, Chilonzor koʻchasi boʻylab, Chilonzor — Muqimiy koʻchalari kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismi;

— Bunyodkor ikkinchi darajali koʻchasi: KHAYdan — Muqimiy koʻchasigacha boʻlgan qismi.

 

Shuningdek, tadbir davomida quyidagi koʻchalarda harakat vaqt-vaqti bilan qisman cheklanadi:

 

— Alisher Navoiy – Furqat koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Sebzor – Ganga koʻprigidan Furqat koʻchasi tuneliga tushishdan cheklanadi;

— Zarqaynar koʻchasi tuneliga tushish cheklanadi;

— Bunyodkor koʻchasi Kamolon koʻprigi ostida cheklanadi;

— Bunyodkor koʻchasi 2-darajali asosiy yoʻlga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yoʻliga chiqishdan cheklanadi;

— Qatortol – Choʻpon ota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Chilonzor – Choʻpon ota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Bunyodkor – KHAY koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Bunyodkor 2-darajali yoʻli – Qatortol koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Chilonzor – Choʻpon ota koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Bunyodkor – Gavhar koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— THAY – Bunyodkor koʻchalari chorrahasidan cheklanadi;

— Erkin YPX maskanidan ogʻir yuk mashinalari harakati cheklanadi;

— Choʻpon ota – Shota Rustaveli koʻchalari chorrahasidan cheklanadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//