
Jamiyat
2025-yil 1-maydan O‘zbekiston bo‘ylab ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil davomida kompensatsiya to‘lash amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan edi. Endilikda kompensatsiya faqat qish mavsumi (noyabr–fevral)da emas, har oyda to‘lab beriladi.
Ehtiyojmand oilalar uchun 1-iyundan boshlab ariza topshirish boshlandi.
Kompensatsiyalar quyidagi toifalarga mansub oilalarga beriladi:
Ijtimoiy himoya yagona reyestri va Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalar – bunda oila a’zolariga to‘g‘ri keladigan oylik daromad 669 ming so‘mdan kam bo‘lishi lozim.
Shuningdek, ikki reyestrga ham kirmagan, ammo mol-mulki kam va oylik daromadi har bir a’zoga 1 mln so‘mdan kam bo‘lgan oilalar ham ushbu yordamdan foydalana oladi.
2024-2025-yilgi isitish mavsumi uchun umumiy kam ta’minlangan oilalarga 313,6 mlrd so‘m yordam berilgan bo‘lsa, endilikda bu tizim yanada kengaytirilib, 2025-yilda umumiy hisobda 1 trillion 330 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya ajratilishi rejalashtirilgan.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q