
Jamiyat
O‘zgidromet 8-iyungacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati +36– +39 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda +40– +42 darajagacha bo‘ladi.
6-7-iyun kunlari respublika hududiga nisbatan salqin va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
6-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 7-iyunda Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati asta-sekin pasayishi kutilmoqda. 6-iyunda shimolda, janubda va cho‘l hududlarda, 7-iyunda markaziy va sharqiy viloyatlarda harorat +28– +33 darajagacha, yomg‘ir paytida +25– +27 darajagacha pasayadi.
8-iyunda O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat +2- +3 daraja ko‘tariladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 5-6-iyunda ayrim joylarda ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +36– +38 darajada bo‘ladi.
6-iyunda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +33 daraja atrofida bo‘ladi.
7-iyunda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +27– +29 darajada bo‘ladi.
8-iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +33– +35 darajada bo‘ladi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q