O‘zbekistonda ilk bor Kinomaktab tashkil etildi

Saqlash
12:07 / 05.06.2025 135 0

O‘zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan mamlakatda ilk bor Kinomaktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Bundan ko‘zlangan maqsad kinematografiya sohasi uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlovdan o‘tkazishdir.

 

Hozirda maktab “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqiladigan filmlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda mutaxassislarni bepul tayyorlash bo‘yicha 2025 yilgi qabulni e’lon qilgan:

▪️ Kino rejissura;

▪️ Kaskadyorlik mahorati;

▪️ Grimmyorlik;

▪️ Animatsiya;

▪️ Operatorlik mahorati;

▪️ Montaj;

▪️ Prodyuserlik;

▪️ Kinoda ovoz rejissurasi.

 

Xabarga ko‘ra, barcha darslar “O‘zbekfilm” Kinokonserni” DUKning tashkiliy va amaliy imkoniyatlari negizida amalga oshiriladi.

 

Kinomaktab bitiruvchilariga O‘zbekiston kinokompaniyalari va kinostudiyalarida “Tirik tarix” dasturi doirasida ishlab chiqilishi rejalashtirilgan filmlarda faoliyat olib borishi uchun yo‘llanma beriladi.

 

Hujjatlar joriy yilning 2-iyunidan 30-iyuniga qadar O‘zbekistin Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Ponarama) binosida soat 14-00 dan 18-00 ga qadar qabul qilinadi.

 

Batafsil ma’lumot +998 90 944 77 81, +998 97 460 40 80 raqamlaridan olinadi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//