Italiya o‘zbekistonliklarga ish taklif qilmoqda

Saqlash
11:30 / 05.06.2025 132 0

Kecha, 4-iyun kuni Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev hamda Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Piergabriele Papadia de Bottini o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

 

Muloqotda Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni xonimning joriy yil 29-maydagi O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan “Migratsiya va mobillik to‘g‘risida”gi Anglashuv memorandumining ijrosi va amaliyotga joriy qilish masalasi ko‘rib chiqilgan.

 

Ta’kidlanishicha, Italiyada muhandislik, turizm va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda malakali mutaxassislarga talab yuqori ekanligi qayd etilgan.

 

Italiya tomoni 2026-yildan boshlab o‘zbekistonliklarga 1500 ta bo‘sh ish o‘rni uchun kvota ajratilganligini ham ma’lum qilgan.

 

Xabarga ko‘ra, ushbu mamlakatda noqonuniy maqomdagi O‘zbekiston fuqarosi yo‘qligi hamkorlikni yanada samarali amalga oshirishga katta turtki bo‘ladi.

 

“Imzolangan Anglashuv memorandumi — tarixiy hujjat, uning ustida juda ko‘p ishlandi, kelishuvni tezroq hayotga tatbiq qilish tarafdoriman. Migratsiya muhim yo‘nalish sanaladi, O‘zbekiston esa bu sohadagi boy tajribasi bilan Markaziy Osiyodagi hamkorlar uchun namuna bo‘la oladi”, degan Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//