O‘zbekistonda ilk bor Texnologik metallar oliy maktabi ochildi

Saqlash
16:07 / 04.06.2025 62 0

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati (TMK) tomonidan Texnologik metallar oliy maktabi tashkil etildi.

 

Xabarga ko‘ra, oliy maktabning bakalavriat dasturida ta’lim jarayonlari Italiyaning nufuzli Piza universiteti bilan hamkorlikda olib boriladi.

 

Dars jarayonlari ingliz tilida, kombinatning real ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinadi.

 

Kritik minerallar yo‘nalishidagi magistratura dasturi esa Xitoyning Geofanlar universiteti bilan birgalikda yo‘lga qo‘yiladi hamda unda xalqaro darajada geologiya, izlanish va razvedka sohalarida mutaxassislar tayyorlanadi.

 

Ta’limning ikkinchi bosqichida magistrlar Xitoyda o‘qishni davom ettiradi.

 

O‘zbekiston texnologik metallar kombinati tomonidan bakalavr bosqichi uchun 25 ta, magistratura bosqichi uchun 10 ta grant o‘rinlari ajratilgan.

 

Bitiruvchilar TMK tomonidan to‘liq ish bilan ta’minlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//