
Madaniyat
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanlovini e’lon qiladi.
Bundan ko‘zlangan maqsad milliy adabiyotini dunyoda keng targ‘ib qilayotgan, jahon adabiyotining eng sara asarlarini o‘zbek tiliga o‘girib, kitobxonlarga taqdim etayotgan fidoyi tarjimonlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonlik adiblar ijodiga qiziqishni yanada oshirishdir.
O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur xalqaro adabiy tanlovga e’lon berilgan sanadan boshlab o‘tgan besh yil davomida kitob holida chop etilgan yoki bosma davriy va elektron adabiy nashrlarda e’lon qilingan tarjima asarlar qabul qilinadi.
Xalqaro tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi va unga belgilangan hajmdan kam bo‘lmagan asarlar qabul qilinadi:
▪️ o‘zbek adabiyoti nasriy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima(kamida o‘n bosma taboq);
▪️ o‘zbek adabiyoti she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima(kamida besh bosma taboq);
▪️ o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima(kamida besh bosma taboq);
▪️ xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima(kamida o‘n bosma taboq);
▪️ xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima(kamida besh bosma taboq);
▪️ xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima(kamida besh bosma taboq).
Shuningdek, dramaturgiya janriga oid tarjima asarlar ham ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar asosida ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro tanlovga asarlar 2025-yil 1-sentyabrga qadar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qabul qilinadi.
G‘oliblarning har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni (71) 231-83-51, (71) 231-83-49 raqamlaridan bilib olish mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q