
Ilm-fan
Toshkent shahrida joriy yilning 28-may – 3-iyun kunlari Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi o‘tkazildi.
Unda dunyoning 13 ta mamlakati — Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mongoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston davlatlaridan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 115 nafar (28 ta jamoa) o‘quvchi ishtirok etdi.
Musobaqada umumiy hisobda 69 nafar (12 ta oltin, 24 ta kumush, 33 ta bronza) o‘quvchi turli darajalardagi medallar bilan taqdirlangan. Shundan 19 tasi o‘zbekistonlik o‘quvchilarga nasib qilgan (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) va bu bilan mazkur xalqaro olimpiadaning yakka peshqadamiga aylangan.
Ma’lumot uchun, xalqaro olimpiadaning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hakamlar hay’ati tarkibiga Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Belarus va Angliya kabi xorijiy mamlakatlardan xalqaro olimpiada sohasida ko‘p yillik tajriba va yuqori salohiyatga ega ekspert mutaxassislar, shuningdek, O‘zbekistondan akademik unvonga ega professorlar jalb qilingan
Olimpiada bosqichlari 2 turda tashkil etilgan:
▪️ 1-tur – amaliy (laboratoriya) ish shaklida (1 ta topshiriq berilgan va maksimal 30 ball bilan baholangan);
▪️ 2-tur – yozma ish (nazariy) shaklida (ishtirokchilarga 5 ta topshiriq berilgan va har bir topshiriq maksimal 10 balldan baholangan — jami 50 ball).
Eslatib o‘tish lozim, Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi ilk marotaba 2023-yili Xiva shahrida o‘tkazilib, unda 15 ta mamlakatdan kelgan hamda O‘zbekiston vakillaridan iborat jami 130 nafardan ortiq o‘quvchi-yosh ishtirok etgan edi.
Ushbu bahslarda O‘zbekiston vakillaridan umumiy hisobda 15 nafar ishtirokchi (3 ta oltin, 8 ta kumush, 4 ta medallar) musobaqaning turli darajadagi medallari bilan taqdirlangan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q