
Jamiyat
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan 2025-yil 6–8-iyun kunlari aholining dam olish vaqtini maroqli tashkil etish hamda ichki turizm yo‘nalishida sayohatlarga jalb qilish maqsadida respublika bo‘ylab chegirmalar joriy etilmoqda.
Yurtimizdagi hududlarda faoliyat olib borayotgan joylashtirish vositalari tomonidan 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar yo‘lga qo‘yildi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tasarrufidagi pullik ziyoratgohlarga tashrif buyuruvchilar uchun bir qancha chegirmalar berish ko‘zda tutilgan. Qurbon hayiti bayrami kunlari nogironligi bor va yoshi katta fuqarolar va yosh bolalarga ziyoratgohlarga kirish bepul etib belgilangan.
Shuningdek, bayram munosabati bilan qo‘shimcha “Afrosiyob” reyslari ham yo‘lga qo‘yiladi.
5–8-iyun kunlari Samarqand va Toshkent o‘rtasida Afrosiyob tezyurar poyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.
Harakat jadvali:
Samarqand – Toshkent – jo‘nash 10:55 da, yetib kelish 13:15 da;
Toshkent – Samarqand – jo‘nash 13:56 da, yetib kelish 16:14 da.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q