
Ilm-fan
2025-yilning 1-choragida davlat oliy ta’lim muassasalari 2,8 trillion so‘m daromad ko‘rdi, ularning xarajatlari esa 2,4 trillion so‘mni tashkil qildi. Daromadlarning 63,3 foizini (1,8 trillion so‘m) to‘lov-kontrakt tushumlari tashkil qildi, xarajatlarning 64,4 foizi (1,5 trillion so‘m) esa stipendiya bo‘yicha to‘lovlarga to‘g‘ri keldi. Hisobotda 75 ta OTM haqida ma’lumot keltirilgan.
Ushbu davrda eng ko‘p daromad Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida qayd etilgan. 2025-yilning ilk 3 oyida mazkur OTM 219 milliard so‘m daromad ko‘rgan. Universitetning asosiy daromadi to‘lov-shartnoma bo‘yicha mablag‘lar (79,4 %) hisoblanadi.
Bu kabi birinchi chorakda to‘lov-shartnoma mablag‘lari asosida qisman yoki to‘liq o‘zini o‘zi qoplagan OTMlar quyidagilar:
Nukus davlat texnika universiteti – 100 %;
Namangan davlat texnika universiteti – 99,7 %;
Qo‘qon davlat universiteti – 98,5 %;
Farg‘ona davlat texnika universiteti – 92,7 %;
Qarshi davlat texnika universiteti – 83,4 %;
Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali – 81,9 %;
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti – 81,5 %.
Hisobotda faqat davlat oliy ta’lim muassasalari hisobga olingan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q